Surxondaryoda vagon ostiga yashirilgan 2,14 kg "opiy" aniqlandi

Surxondaryoda vagon ostiga yashirilgan 2,14 kg "opiy" aniqlandi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Ayritom" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX bilan hamkorlikda navbatdagi kontrabanda holatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni davlatdan bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada xizmat iti vagonlardan birida shubhali modda borligi yuzasidan belgi bergan. Shundan so‘ng, mazkur vagon chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, vagonning pastki balka qismida xufiyona tarzda yashirilgan, jami og‘irligi o‘rami bilan 2,14 kilogramm bo‘lgan "opiy" giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив