Ummon va Chexiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasiga yangi elchilar tayinlandi
Ummon hamda Chexiyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi etib tayinlangan elchilari TIV vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirishdi. Bu haqda TIV vaziri Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston hamda Ummon vakillari o‘rtasidagi muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati ko‘rib chiqildi va hamkorlikni har jihatdan kengaytirish bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Elchi xonimga O‘zbekistondagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chexiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Lyubomir Frebortdan ham ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Ikki tomon o‘rtasida hamkorlikning yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investisiyaviy loyihalari soni o‘sayotgani qayd etildi.
"O‘zaro hamkorlikda ko‘p yutuqlarga erishildi, yana yangi marralar kutmoqda. Janob Elchiga aloqalarimizni yanada boyitish yo‘lidagi barcha maqsadlariga erishishini tilab qolamiz", deyiladi xabarda.