QIWI Uzbekistan ilovasi 18 dekabrdan ishlamaydi

QIWI Uzbekistan ilovasi 18 dekabrdan ishlamaydi
Rossiyaning QIWI to‘lov tizimi 18 dekabrdan QIWI Uzbekistan ilovasini yopadi. Bu haqda xizmat saytida ma’lumot berildi.

Agar hamyon hisobida pul qolgan bo‘lsa, kompaniya 18 dekabrgacha ilova orqali Uzcard va HUMO bank kartasiga pul chiqarib olishni, shuningdek, har qanday xizmatlar — kommunal, uyali aloqa va boshqalar uchun to‘lov qilish mumkinligini so‘radi.

16 noyabrdan boshlab elekton pullarni saqlash xizmati uchun har kuni — 75 ming so‘m komissiya olinadi.

«Bu zaruriy chora, chunki QIWI Uzbekistan ilovasi yopilyapti va biz mijozlarimizning pullarini ushlab tura olmaymiz. Iltimos, pullaringizni tezroq chiqarib oling», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan barcha xalqaro pul o‘tkazmalari uchun to‘lov tizimlariga cheklov o‘rnatilgani sababli O‘zbekistondagi hamyondan boshqa davlatdagi hamyoniga pul o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi.

Kompaniyaning bildirishicha, hozir O‘zbekistonda elektron hamyonning funksionallari ancha cheklangan — faqat mahalliy xizmatlar uchun to‘lovlar va mahalliy banklarning kartalariga o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, deyarli 90 foiz foydalanuvchilar hamyondan maxsus xorijiy xizmatlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalangan.

«O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan barcha to‘lov tizimlariga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli ushbu xizmatlar hozirda mavjud emas. Shuning uchun biz ilovani yopishga qaror qildik», — deya qayd etdi QIWI.

Xizmatlar endi yagona QIWI ilovasida mavjud bo‘ladi. Rubl yoki tengeda yangi hamyon yaratish uchun sizga faqat o‘zbek telefon raqami kerak bo‘ladi. Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, xizmat Telegram orqali bog‘lanishingizni so‘radi.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив