“Tolibon” qizlar o‘quv markazlarini yopdi

“Tolibon” qizlar o‘quv markazlarini yopdi
“Tolibon” Hirot viloyatidagi bir qator qizlar ta’lim markazlarini yopdi.

Manbalarga ko‘ra, “Tolibon” vakillari Hirotdagi ko‘plab qizlar o‘quv markazlariga bostirib kirgan. Ular markazga kirish yo‘llarini to‘sib, darvozalarni bekitgan va unga o‘zlarining muhrlarini bosgan. “Tolibon” bungacha o‘quv markazlari rasmiylariga ogohlantirish berib, ularning ko‘rsatmalariga rioya qilmasa, hibsga olinishi va qamoqqa olinishi bilan tahdid qilgan.

Ta’lim markazlari yopilishiga erkak o‘qituvchilarning qizlarga dars berishi sabab qilib ko‘rsatilgan. G‘azni viloyatida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan. Oxirgi ikki yil davomida “Tolibon” qizlarning oltinchi sinfdan keyin yuqori sinfda o‘qishi va universitetlarda tahsil olishini taqiqlab keladi.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив