Isroil G‘azodagi eng yirik shifoxonada harbiy operatsiya boshladi
Isroil mudofaa kuchlari tomonidan G‘azo sektoridagi eng yirik "Ash-Shifa" shifoxonasida HAMAS harakati a’zolariga qarshi “maqsadli” va “samarali” operatsiya o‘tkazayotgani aytildi. Bu haqda mudofaa kuchlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Isroil harbiylariga ko‘ra, HAMASning asosiy qo‘mondonlik punktlaridan biri tibbiyot muassasasi hududida yer ostida joylashgan.
Isroil mudofaa kuchlari tinch aholiga emas, jangarilarga qarshi kurashayotganini iddao qilib, shifoxonani keng ko‘lamli evakuatsiya qilishda yordam ko‘rsatayotgani hamda rahbariyat bilan muntazam aloqada bo‘layotganini qayd etgan.
Shuningdek, mudofaa kuchlari bir kun oldin HAMASni shifoxonadan harbiy maqsadlarda foydalanish ob’ektga xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirgan va uni to‘xtatishni talab qilgan, ammo hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum shifoxonaning g‘arbiy qanotidan amalga oshirilgan.
“Al Jazeera” telekanali muxbiri voqea joyidan xabar berishicha, “Ash-Shifa” shifoxonasining asosiy hovlisida Isroil tanklari bor, mamlakat armiyasi askarlari shifoxona binolaridan biriga kirgan. Shifoxona majmuasi hududida qancha odam borligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.