Behuda yonib turgan chiroqlar va reklama monitorlariga qarshi reyd boshlandi

Behuda yonib turgan chiroqlar va reklama monitorlariga qarshi reyd boshlandi
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan respublikaning barcha hududlarida iste’molchilarning elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini ta’minlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tadbirlar iste’molchilarning ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlariga, shuningdek, tarmoqlarda yuklamalarning ortib ketishini oldini olishga hamda barcha iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, ob-havo haroratining pasayishi natijasida elektr energiyasidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.

“Bunday paytlarda elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishingizni, zarur bo‘lmagan hollarda esa elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishingizni so‘raymiz”,- deyiladi xabarda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив