Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
Bugun Dohada O‘zbekiston Respublikasi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov joriy yil may oyida Toshkentda Qatar Davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganini eslatdi.
«Qatarda yurtimiz bayrog‘i hilpiray boshladi. Mamlakatlarimiz rahbarlari sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda», dedi vazir.
Baxtiyor Saidov joriy yil may oyida Toshkentda Qatar Davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilganini eslatdi.
«Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», dedi u.